O‘zbekiston aholisining elektr eneregiyasidan 2 trln 340 mlrd qarzi bor – HET

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholining elektr eneregiyasi bo‘yicha 3 triillion 500 milliard so‘m qarzdorligi mavjud. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov ma’lum qildi.

Uning tkidlashicha, elektr eneregiyasi bo‘yicha eng katta qarzdorlik Samarqand viloyatida – 655 milliard so‘m. Ushbu ko‘rsatkich yuridik va jismoniy shaxslarning umumiy qarzdorligi hisoblanadi.

“Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘yicha 3 trln 500 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud. 1 dekabr holatiga ko‘ra, aholining elektr eneregiyasidan qarzdorligi – 2 trln 340 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. 1 oktyabr holatiga ko‘ra, bu qarzdorlik — 2 trln 380 mlrd so‘m bo‘lgan. 2 oy ichida ushbu qarzdorlik holati 40 millard so‘mga kamayishiga erishildi. Bu – aynan billing tizimi joriy qilinishi natijasi”, deydi Obidjonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi aholisi bir kunda 16 soatgacha chiroqsiz yashayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, Farg‘onada Toshloq tumani aholisi gaz va elektr so‘rab bosh ko‘targandi.

Bugun, 28 dekabr kuni Surxondaryoda “svet” o‘chishidan norozi xalq shinalarni yoqib, ko‘chalarni to‘sib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing