O‘zbekiston aholisini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha nechinchi o‘rindaligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha 7-o‘rinni egalladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholi uchun umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,2 kvadrat metrni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,2 kvadrat metrga oshgan.

MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha to‘g‘ri keladigan kvadrat metr):

  • Moldova – 34,3 kv. m.
  • Armaniston – 33,9 kv. m.
  • Belarus – 28,9 kv. m.
  • Rossiya – 27,8 kv. m.
  • Qozog‘iston – 23,2 kv. m.
  • Ozarbayjon – 20 kv. m.
  • O‘zbekiston – 18,2 kv. m.
  • Qirg‘iziston – 13 kv. m.
  • Tojikiston – 10,9 kv. m.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing