O‘zbekiston aholisi qanchaga yetgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 34 million 695 600 kishini tashkil etib, yil boshidan 136,7 ming kishi yoki 0,4 foizga ko‘paygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, shahar aholisi soni 17 million 581 600 kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,7 foiz), qishloq aholisi soni esa 17 million 114 ming kishi (49,3 %ni tashkil etgan.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, hududlarning Respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyati 9,6 foiz va Andijon viloyati 9,2 foizni tashkil etgan.

Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Respublika doimiy aholisi sonining 31 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda erkaklar yoki ayollar ko‘pligiga aniqlik kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing