O‘zbekiston aholisi har kuni qanchaga o‘syapti?
Jamiyat
−
12 aprel 2022 10071 1 daqiqa
Joriy yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,4 mln. kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 foizga oshgan. O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 54,2 ming kishiga ko‘paygan.
2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning oktyabr oyida har bir kunda doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshayotgani aytilgandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel