O‘zbekiston 2020 yil turizm sohasidan qancha pul ishlab oldi?

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonga 1 mln 504 ming nafar turist kelgan. Ularga 261 mln dollarlik xizmat ko‘rsatilgan. Bu haqda AOKAdagi brifingda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

“Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini ko‘rsatdik. 2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchimiz”, deydi u.

Abduhakimovga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta’minlash bo‘yicha reja qilingan. Buning evaziga turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing