O‘zbekiston 10 oy davomida Xitoyga qariyb 3 mln tonna gaz sotgan
Jamiyat
−
23 noyabr 2021
7955Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga qiymati 601,27 million dollarga teng 2,57 million tonna gaz yetkazib bergan. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlariga qaraganda, Turkmaniston Pekinga gaz yetkazib beruvchilar orasida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Yanvar-oktyabr oylarida XXR ushbu mamlakatdan 5,38 milliard dollarga 19,79 million tonna gaz import qilgan. Rossiya (2 mlrd dollardan oshiq summaga dollarga 5,94 million tonna) esa Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, so‘ng Qozog‘iston (865,01 million dollarga 3,73 million tonna), keyingi o‘rinda O‘zbekiston (601,27 million dollarga 2,57 million tonna) va Myanma (1,16 milliard dollarga 2,53 million tonna) bor.
E’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-oktyabr oylarida Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha Avstraliya (25,7 million tonna – 11,43 milliard dollar), ikkinchi o‘rinda AQSH (7,03 million tonna – 3,88 milliard dollar), Malayziya ( 7,02 million tonna 3,05 milliard dollar) va Qatar (7 million tonna 3,21 milliard dollar) yetakchi bo‘lgan.
LiveBarchasi