O‘zbekiston hududida yana Tojikistondagi zilzila sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 14:10 da Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.

Koordinatalar 38,40 gradus shimoliy kenglik, 70,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,3. Chuqurlik h=60 km. Toshkentgacha masofa 344 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent: 344 km;2 ball, Namangan: 299 km;2 ball, Andijon: 298 km;2 ball, Farg‘ona: 238 km;3 ball, Guliston: 287 km;2 ball, Jizzax: 315 km;2 ball, Samarqand: 356 km;2 ball, Termiz: 332 km;2 ball, Qarshi: 434 km;2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning ko‘plab joylarida sezilgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing