O‘zbekiston hududida sakkiz yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Bugun 1 maydan e’tiboran O‘zbekiston hududida sakkiz yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, “Toshkent – Guliston – Yangiyer”, “Toshkent – Samarqand”, “Toshkent - Navoiy – Buxoro”, “Toshkent – Termiz”, “Toshkent – Zomin”, “Toshkent – Gagarin”, “Toshkent – Denov”, “Toshkent – Qorako‘l” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari ish boshlagan.

“Uzavtotrans Service” korxonasining “YUTONG” avtobuslari qo‘yilgan mahalliy qatnovlar har kuni “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriladi. Avtobuslar zamonaviy bo‘lib, ularda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar mujassam. Konditsioner, iqlim nazorati, multimedia tizimi shular jumlasidan. Bu jarayonda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, yo‘nalishga jo‘naydigan har bir avtobus texnik ko‘rikdan, haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Avtobuslarning sanitar holati muntazam nazorat ostida bo‘lib, qatnov jarayoni GPStizimi orqali onlayn nazorat etiladi.

Ertadan boshlab, “Toshkent – Turkiston”, “Toshkent- Olmaota”, “Toshkent- Ushkunur”, “Chirchiq- Ushkunur” yo‘nalishlarida xalqaro qatnovlar ham boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzavtotrans Service” mas’uliyati cheklangan jamiyati Xitoyda ishlab chiqarilgan 100 dona yumshoq o‘rinli “YUTONG” avtobusini xarid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzavtotrans Service

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar