O‘zbekiston havo yo‘llari yo‘lovchilariga nimalar berilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Aviakompaniya aybi bilan reys kechiksa (nosozligi yoki samolyot kechikib yetib kelsa) xalqaro reyslarning yo‘lovchilariga kompensatsiya to‘lanadi. 
Bu haqda O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasining axborot xizmati ma’lum qildi. 

Shuningdek, samolyot bortida yo‘lovchilar 2 soatdan 4 soatgacha – ichimliklar bilan ta’minlanadi. 4 soatdan ortiq – nonushta, tushlik yoki kechgi ovqat bilan ta’minlanadi (kunning vaqtiga qarab). 

Tungi payt 4 soatdan ortiq va kunduz kuni 12 soatdan ortiq – mexmonxona ovqatlanish bilan, hamda aviakompaniya hisobidan mexmonxonaga va orqaga qaytishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, aviakompaniya aybi bilan reys kechiksa bir yoki ikki marotaba telefonda gaplashish to‘lab beriladi (taxminan 5 minut) yoki majburiy kechikish punktida taxminan besh minut telefonda gaplashish narxiga teng boshqa aloqa xizmatlari to‘lab beriladi, shuningdek, ona va bola xonasi mavjud.

Muhim: favqulodda vaziyat holatlarida (samolyotni yomon ob-havo tufayli qo‘shimcha aerodromga qo‘ndirilsa yoki ob-havo tufayli transfer yo‘lovchilari reysi kechiktirilsa) kompensatsiya to‘lanmaydi (tashish boshlangan bo‘lsa, bundan mustasno).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing