O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston bilan chegarada yig‘in o‘tkazmoqda

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati hududidagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida dala o‘quv yig‘ini o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yig‘in Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosarining tegishli buyrug‘iga asosan o‘tkazilmoqda. Hozirda “Termiz” dala o‘quv maydonida ana shunday o‘quv-uslubiy yig‘in boshlandi.

“Dala o‘quv yig‘inini o‘tkazishdan asosiy maqsad to‘plangan tajribalarni yanada mukammallashtirish, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama ta’minlash bo‘yicha egallangan bilimlarni mustahkamlashdan iboratdir”, deyilgan xabarda.

Yig‘in ishtirokchilari bilan saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yangicha usullarda olib borish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan. Saf tayyorgarligi davomida harbiy xizmatchilarning ust-boshi, hujjatlari, qurollari ko‘rikdan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing