O‘zbekiston Hindiston bilan kosmik tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik qiladi

Olam

image

O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida kosmik tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining videoanjuman shaklida uchrashuvida aytib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari surish, jumladan, Hindistonning yetakchi tashkilotlari ilg‘or texnologiyalari, texnik ko‘magi va imtiyozli moliyaviy resurslarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, muqobil energetika, farmatsevtika va tibbiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kosmik tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida davlat yetakchilari siyosiy sohada tizimli, ishonchga asoslangan muloqotni davom ettirish, jumladan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish va ular o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rta muddatli dasturini qabul qilish muhimligini qayd etdilar. Parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish taklifi ilgari surildi.

O‘zaro savdoning ortishi uchun qulay sharoitlar yaratish, bu yo‘ldagi texnik to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish borasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing