“Uzbekistan GTL”da ishlaydigan kadrlarni tayyorlash uchun xorijiy OTM filiali ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Qozog‘istonning Atirau universitetining filialini ochish rejalashtirilmoqda. Bu masala Oqtovda (Qozog‘iston) O‘zbekiston bosh konsuli Otabek Tursunbekov universitet rahbariyati va xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan.

Otabek Tursunbekovga ko‘ra, O‘zbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, o‘tgan yili dekabr oyida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida qiymati 3,42 milliard AQSH dollariga teng “Uzbekistan GTL” sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilgan.

Mazkur korxonada har yili umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyosi mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Shu sababdan neft-gaz sohasini professional kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tomoni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Qozog‘iston tomoni Qarshi shahrida universitet filialini ochishdan manfaatdor ekanligini bildirgan. Tomonlar bu boradagi ishlarni boshlashga kelishib oldilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing