Uzbekistan Airways Sixt bilan hamkorlikda avtomobil ijarasi xizmatini taklif qiladi

Biznes

image

Sayohatni rejalashtirayotganda, yo‘lovchilar nafaqat aviachiptalarni bron qilishlari, balki yetib kelganlarida ularni kutayotgan avtomobilni oldindan tanlashlari mumkin.

Uzbekistan Airways Sixt xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z yo‘lovchilariga qulaylikning yangi darajasini – avtomobil ijarasi va aeroportdan transfer xizmatini taklif qilmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun www.uzairways.com saytiga o‘ting va “Avtomobil buyurtmasi” tugmasini bosing. Transportni olish va qaytarish vaqti, sanasi, joyi ko‘rsatiladi, so‘ngra ijarani rasmiylashtirish uchun barcha kerakli maydonlar to‘ldiriladi. Eng muhimi: faqat Uzbekistan Airways sayti orqali bron qilishda yo‘lovchilarga ijara va transfer xizmatlari uchun maxsus qulay narx taqdim etiladi!

Uzbekistan Airways hamkori – Sixt avtomobil ijarasi sohasidagi yetakchi jahon brendlari qatoriga kiradi. 100 yildan ortiq tarixga, dunyoning 100 mamlakatida vakolatxonalarga va 2200 dan ortiq ijara punktlariga ega kompaniya yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va ishonchlilikni kafolatlaydi.

Yo‘lovchilar uchun tejamkor va ixcham modellardan tortib premium sedanlar va hashamatli yo‘ltanlamaslargacha bo‘lgan avtomobillarning keng tanlovi mavjud. Xizmatning asosiy afzalliklari:

  • Qulay narxlar;
  • Moslashuvchan ijara shartlari;
  • Yetib kelganingizda to‘lovni bekor qilish yoki o‘zgartirish bepul;
  • 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati.

Bunga o‘zingiz ishonch hosil qiling! Uzbekistan Airways bilan sayohatingizni rejalashtiring va Sixt bilan dunyoning istalgan nuqtasida qulaylik va ishonch bilan harakatlanish erkinligidan bahramand bo‘ling.

Sayt: uzairways.com

Facebook: fb.com/uzairways.official

Instagram: @uzairways

Telegram: t.me/uzbekistanairways

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing