“Uzbekistan Airways”ning ayrim reyslari ob-havo sabab kechiktirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekistonda ob-havo sharoiti yomonligi tufayli rejadagi ba’zi reyslar vaqti kechiktiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ ma’lum qildi.

Aviakompaniya shu munosabat bilan, barcha yo‘lovchilar Aloqa markazi tomonidan qatnovlarning kechiktirilishi borasida xabardor qilinishlarini eslatib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, bugun poytaxt Toshkent va mamlakatning boshqa qator viloyatlarida qor yog‘di va ba’zi hududlarda hamon davom etyapti.

O‘zgidromet Toshkent Chimyon tog‘li zonasida ko‘chki xafsi borligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing