Uzbekistan Airways bagaj normasini oshirdi
Biznes
−
02 fevral 2022
16826Kecha, 1 fevraldan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarning bagaj normasini 23 kilogramm/158 santimetrgacha oshirdi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” AJ “Uzbekistan Airways Express”ning “to‘liq ekonom” formatdagi barcha qatnovlarida bagaj normasini 23 kilogramm/158 santimetrgacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qat’iy nazar) oshirgan. Biroq ushbu qatnovlarda qo‘l yuki normasi o‘zgarmaydi – 5 kilogramm/115 santimetrligicha qoladi.
Aytish joizki, avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kilogramm/158 santimetr edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi ASTRA DCS yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshlagani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi