O‘zbek jurnalistikasi og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, o‘nga yaqin she’riy va nasriy asarlar muallifi, taniqli jamoat va madaniyat arbobi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ahmadjon Toshxo‘jayev vafot etdi.

Ahmadjon Toshxo‘jayev 1952 yilning 15 mart kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetini tamomlagan.

U G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ahmadjon Toshxo‘jayev o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, qalami o‘tkir, o‘ziga xos tahrir maktabiga asos solgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmadjon Toshxo'jaev

Baholaganlar

273

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar