O‘zbek-tojik chegarasida nazorat kuchaytirilmoqda
Jamiyat
−
15 yanvar 2022
22211O‘zbekistonda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlangani sabab o‘zbek-tojik chegarasidagi nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqda Tojikistonning Sug‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Majnun Oripov ma’lum qildi.
Majnun Oripov endilikda O‘zbekiston hududiga kirayotgan har bir kishi PZR testini topshirishi shartligini ta’kidladi.
“Hozirgi kunda Qonibodamdagi “Patar”, Mastchi tumanidagi Fotehobod, Panjikentdagi Sarazm, shuningdek, “Xo‘jand” xalqaro aeroportida tibbiyot xodimlari kechayu kunduz navbatchilik qilmoqda”, deydi sog‘liqni saqlash vakili.
Unga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punktlarida PZR tekshiruvi bepul. Shunga qaramay, O‘zbekiston Tojikiston fuqarolaridan barcha nazorat punktlarida ushbu turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tganliklari uchun 110-120 ming so‘m (120-130 somoni) undirayotganini alohida ta’kidlagan.
Shuningdek, O‘zbekistonga kiruvchi barcha fuqarolar kasallik tarqalishining oldini olish uchun 2 hafta davomida uy karantinida bo‘lishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlangandi.
LiveBarchasi