O‘zbek-tojik harbiylarining Afg‘oniston bilan chegaradagi mashg‘uloti yakunlandi
Jamiyat
−
10 avgust 2022
8985Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston harbiylarining Termizda boshlangan “Hamdo‘stlik–2022” mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Mashg‘ulotning so‘nggi kunida O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov va Tojikiston Mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va boshqa mas’ul shaxslar mashg‘ulotlarning asosiy bosqichini kuzatgan.
Hamkorlikdagi o‘quv rejasiga ko‘ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalariga motoo‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalar tomonidan aniq zarbalar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek-tojik harbiylarining Termiz umumqo‘shin dala-o‘quv maydonidagi qo‘shma mashg‘uloti joriy yilning 4 avgust kuni boshlangandi.
LiveBarchasi