O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori tayinlandi
O‘zbekiston
−
11 Mart 2020 7611 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bugun, 11 mart kuni qabul qilgan qaroriga binoan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari tayinlandi.
Qayd etilishicha, Sirojiddin Baxromovich Rahmonaliyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun Sirojiddin Rahmonaliyev bunga qadar Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr