O‘zbek shaxmatchilari Osiyo chempionatida qanday natija ko‘rsatmoqda?
Sport
−
31 Oktabr 2022
4477Ayni kunlarda Hindistonning Nyu-Deli shahrida shaxmat bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 31 oktyabr kuni musobaqaning 5-tur o‘yinlari yakunlandi.
Turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston jamoasi vakillaridan Shamsiddin Vohidov 5 ta imkoniyatdan 4 ochko jamg‘arib, 8-pog‘onani band etgan. Vohidov musobaqa peshqadami hindistonlik Xarsha Baratxakotidan yarim ochko ortda qolmoqda.
Shuningdek, o‘zbekistonlik shaxmatchilardan Ortiq Nig‘matov 3 ochko bilan 24, Abdimalik Abdisalimov 2,5 ochko bilan 54, Saidakbar Saidaliyev esa 2 ochko bilan 55-o‘rinni egallab turibdi. Nodirbek Yaqubboyev va Bobir Sattorov 2 ochko bilan 71 va 72-o‘rinlarni band etgan.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston sharafini Nilufar Yoqubboyeva himoya qilmoqda. Ortda qolgan turlardan so‘ng Yoqubboyeva 4 ochko bilan 3-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati bahslari 3 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi