O‘zbek san’atkorlari Dushanbeda. Ular Mirziyoyev va Rahmon ishtirokidagi tadbirda qatnashadi

Jamiyat

image

Kecha, 7 iyun kuni 100 nafardan ortiq o‘zbek ijrochi, raqqosa va musiqachilari Dushanbega O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining charter reysi bilan uchib ketdi. Ular 10 iyun, payshanba kuni kechqurun Tojikiston poytaxtidagi “Koxi Borbad”da bo‘lib o‘tadigan, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertida qatnashadi.

Qayd etilishicha, o‘zbek san’atkorlari guruhida O‘zbekiston xalq artistlari — Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekovlar ham borligi haqida xabar berilgan, ammo kecha ular san’atkorlar orasida ko‘rinish bermagan.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston madaniy delegatsiyasi poytaxt Dushanbedagi “Xilton” mehmonxonasiga joylashgan va tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda konsertga tayyorlanishga kirishgan.

Konsertda ikki davlat Prezidentlaridan tashqari, O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumati va parlamenti a’zolari va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12-14 iyun kunlari Tojikistonga safar qilishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, muzokaralar yakunlanib, Dushanbeda 30 dan ortiq hukumatlararo bitimlar imzolanganidan so‘ng, ikki mamlakat rahbarlari So‘g‘dning ma’muriy markaziga borishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing