“O‘zbek rassomlari mo‘yqalamidan Turkiya” ko‘rgazmasi ochildi
Jamiyat
−
30 aprel 2019
9880Kecha, 29 aprel kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “O‘zbek rassomlari mo‘yqalamidan Turkiya” Bursa va Hatay viloyatlari rasm ko‘rgazmasi ochildi.
Mazkur ko‘rgazmaga o‘zbek rassomlarining Turkiya manzaralari aks etgan 60 ta rasmlari joylashtirilgan.
2016 oyning sentyabr oyida va 2017 yilning oktyabr oylarida o‘zbekistonlik bir guruh rassomlar Turkiyaning Hatay va Bursa viloyatlariga safar qilib, u yerdagi diqqatga sazovor manzaralarni tasvirlaganlar.
Ko‘rgazma ochilish marosimida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy kakdemiya raisi Akmal Nur, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Surayya Er, elchining madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jesem Chelibi ishtirok etdi.
Ko‘rgazma joriy yilning 4 mayiga qadar davom etadi.
LiveBarchasi