O‘zbek paradzyudochilari Boku Gran-prisida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Sport
−
15 may 2019 3395 1 daqiqa
Ozarbayjonning Boku shahrida paradzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Turnirning ikkinchi kun dasturida og‘ir vaznli sportchilar bahs olib borishdi.
E’tiborlisi, ushbu kun dasturida tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. O‘zbek sportchilaridan eng og‘ir vaznda Shirin Sharipov (+100 kg) hamda qizlardan Nafisa Sheripbayeva (-63 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Vasila Aliboyeva (-70 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda ustun kelib, terma jamoa hisobiga yana bir medalni taqdim qildi.
Shu tariqa musobaqada 4 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa orqali o‘zbekistonliklar Tokio Paralimpiya o‘yinlari uchun ham yirik reyting ochkolarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral