O‘zbek kino va teatr san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov bugun, 29 may kuni 64 yoshida vafot etdi.

Hoshim Arslonov 1956 yilda tavallud topgan. 1977 yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. 1977 yildan 2017 yilgacha Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyat yuritgan.

Kino aktyori sifatida "Ijarachilar", "Xiyonat", "Singilginam", "So‘nggi qo‘ng‘iroq", "Fidoyilar", "Mening akam bo‘ydoq", "Qasos", "Yorim-bezorim", "Haqiqat kuni", "So‘zsiz sevgi", "Chavandoz", "Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanyapti", "Alpomish", "Marg‘iyona" kabi filmlarda suratga tushgan.

Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda "Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" filmidagi roli uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va sovrindor bo‘lgan.

Uning kinodagi so‘nggi ishi 2019 yilda suratga olingan "101-reys" filmi bo‘ldi.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2901

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing