O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi a’zosi, Davlat mukofoti sovrindori, kinorejissyor va ssenariynavis Jasur Is'haqov 74 yoshida vafot etdi.

Jasur Is'haqov ijodi davomida “Zulmat saltanati”, “Oltin tulpor duoibadi”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Shatranj mamlakatidagi sarguzashtlar”, “Haqiqat kuni” kabi ko‘plab badiiy filmlarning postanovkachi rejissyori, “Paxta”, “Zulmat saltanati”, “Ikkinchi umr”, “Ajr istab” , “Rishton moʻjizasi”, “Tushlar”, “Ustaning to‘rt kuni”, “Xalq so‘zi-haq so‘zi”, “Shahar doimo bedor”, “Xashar” kabi 40 ga yaqin xujjatli filmlarning ssenariy muallifi hisoblanadi.

Shuningdek, “Susambil”, “Spitamen”, “Yo‘l va bolalar”, “Ochko‘z xo‘roz” kabi milliy multfilmlar ham aynan ijodkor qalamiga mansub ssenariylar asosida yaratilgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari, yaqinlari va butun ijod ahliga chuqur hamdardlik izhor qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jasur Ishaqov

Baholaganlar

2254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar