O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
20 noyabr 2020
46791O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.
“Do‘stlik” ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. 1958 yilda suratga olingan «Maftuningman» filmidagi bosh qahramon — Yulduzxon obrazi aktrisaga olamshumul mashhurlik olib kelgan.
Aktrisa "Maftuningman", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Chinor tagidagi duel", "Temir xotin", "Temir erkak", “Niqob” kabi filmlarda o‘zga xos rollarni ijro etgan. Ayniqsa, “Maftuningman” filmidagi roli o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi