O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari yopiladi 

Jamiyat

image

Qurilish va ta’mirlash ishlari sabab O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti 3 kunga yopiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi davlat bojxona xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, cheklovlar vaqtinchalik: “Qizil-Qiya – avtomobil yo‘li” va “O‘zbekiston – avtomobil yo‘li” punktlari joriy yilning 1-3 dekabr kunlari transport harakati uchun yopiladi.

Bunday qaror yo‘l qoplamasini yangilash va asfalt yotqizish bilan bog‘liq rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan qabul qilingan.

Ushbu nazorat-o‘tkazish punktlari yopilgach, yo‘l harakati va yuk tashishni “Do‘stuk – avtomobil yo‘li” nazorat-o‘tkazish punkti orqali davom ettirish mumkin. 

Qirg‘iziston davlat bojxona xizmatining aniqlik kiritishicha, 4 dekabrdan boshlab barcha nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlay boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki qo‘shni davlat chegarasida noqonuniy qoramol haydash to‘xtatilib, kontrabandachilar guruhi qo‘lga olingan edi. O‘shanda Qirg‘iziston askarlari O‘zbekiston bilan chegarada qoidabuzarlarni to‘xtatish uchun havoga uch marta o‘q uzishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

708

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing