O‘zbek-qirg‘iz chegarasida dahshatli YTH yuz berdi. 9 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida buldozer ortilgan avtotreyler haydovchisi chegara o‘tkazish punktida turgan 12 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun 21 may kuni soat 15:30 lar atrofida Qirg‘iz Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani orqali O‘zbekistonning So‘x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklagan avtotreyler tormoz uskunasi ishdan chiqib, haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Avtotreyler Qirg‘iz Respublikasi “Chechme” chegara o‘tkazish punkti va O‘zbekiston Respublikasi “Chashma” chegara o‘tkazish punkti orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O‘zbekiston va 10 ta Qirg‘iz Respublikasi) avtomobillariga urilib, ularga shikast yetkazgan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O‘zbekiston Respublikasi, qolgan 8 nafari Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi) vafot etgan.

Jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishi ta’minlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

453

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing