O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
07 fevral 2022
21184Fan arbobi, tibbiyot sohasida taniqli olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Turg‘unpo‘lat Obidovich Daminov 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda FA xabar berdi.
Pediatr-infeksionist olim Turg‘unpo‘lat Daminov 1941 yil 25 aprelda Toshkentda tavallud topgan. 1964 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tugatib, 1969 yilda nomzodlik, 1986 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.
Shuningdek, 1997 yildan O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati bo‘lgan. O‘zbekiston “Adolat” sotsialdemokratik partiyasi (SDP) Siyosiy kengashining birinchi kotibi, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” bosh tahrir hay’ati a’zosi vazifalarini bajargan. 1999 yilda Polsha tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi etib saylangan. Olim 1997 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Daminov bolalarda uchraydigan gepatitning davomli va surunkali xillari shakllanishini klinik-patogenetik nuqtai nazardan o‘rgangan. U bolalarda uchraydigan V virusli gepatitning davomli xilini samarali davolash usulini ishlab chikdi va amaliyotga tatbiq etgan. Olim ko‘pincha chaqaloqlar o‘limiga sabab bo‘ladigan nafas yo‘llari kasalliklari belgilarini aniqlagan.
LiveBarchasi