O‘zbekiston MTJning birinchi bosh murabbiyi Rustam Akromov vafot etdi

Sport

image

Bugun, 15 fevral kuni tongda o‘zbek futboli og‘ir judolikka uchradi. Pedagogika fanlari doktori, professor Rustam Akromov 73 yoshida vafot etdi.

Rustam Akromovich Akromov 1948 yil 11 avgust kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. U faoliyati davomida o‘zbek va Sobiq Ittifoq futboli rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis hisoblanadi. 1990-1992 yillar orasida Jazoirning USM klubi va milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan.

Rustam Akromov O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng futbol bo‘yicha Milliy terma jamoani boshqargan birinchi murabbiy hisoblanadi. 1992-1994 yillar terma O‘zbekiston termasi u bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994 yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan.

Rustam Akromov 1995-1997 yillar Hindiston terma jamoasini boshqardi. Ushbu davlatdagi 2 yillik faoliyati davomida asosiy terma jamoa bilan bir qatorda bolalar futbolini rivojlantirish tizimini shakllantirdi. Keyinchalik OFK, FIFA tashkilotlarida instruktor bo‘lib faoliyat olib bordi.

O‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Prezident tomonidan “Shuhrat” medali hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

QALAMPIR.UZ tahririyati Rustam Akromovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Akromov

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar