O‘zbek futbolchisi Koreya chempionatida gol urdi

Sport

image

Bugun Janubiy Koreya K-2 ligasida o‘ziga xos derbi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o‘ynayotgan “Gvangju” klubi o‘z maydonida boshqa bir o‘zbek futbolchisi Javlon Ibrohimov to‘p tepayotgan “Suvon Siti”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi hisobni aynan Ashurmatov ochdi va yangi klubi safidagi ilk golini urdi. Himoyachi o‘yinda to‘liq o‘ynadi. Ammo “Suvon Siti” safida Javlon Ibrohimov jarohati bois o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

“Gvangju” 7ta turdan so‘ng 15 ochko to‘plab musobaqa jadvalining eng birinchi pog‘onasida bormoqda. “Suvon Siti” esa 8 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.

Janubiy Koreya. K-2 ligasi. 7-tur

“Gvangju” – “Suvon Siti” 2:1.

Gollar: 1:0 – Rustam Ashurmatov 12, 2:0 – Felipe 44 penalti, 2:1 – Egbuchunam 74.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya K-2 ligasi

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar