O‘zbek futbolchisi Belarus chempionatida rekord o‘rnatdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 29-turida “Energetik-BGU” safarda “Gomel” klubini mag‘lubiyatga uchratdi. Talabalar klubi safida to‘p tepadigan o‘zbekistonlik futbolchi Bobir Abdixoliqov jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.

Shunday qilib, “Nasaf” tarbiyalanuvchisi chempionatdagi gollari sonini 26 taga yetkazib, Belarus Oliy ligasida eng ko‘p gol urgan legioner futbolchiga aylandi. Bungacha ushbu rekord 2001 yilda mamlakatning “Neman” klubida to‘p tepgan rossiyalik futbolchi Sergey Davidovga tegishli edi. Rus futbolchisi o‘sha yili Oliy ligada 25 ta gol urishni uddalagan. 

Ma’lumot uchun, “Energetik-BGU” Belarus chempionatini o‘z tarixida ilk marta kuchli uchlikda yakunlaydigan bo‘ldi. Jamoa ortda qolgan 29 turdan so‘ng 60 ochko bilan musobaqa turnir jadvalida 2-o‘rinni band etgan. 

So‘nggi turda minskliklar “Dinamo”ga qarshi bahs olib borishadi. Peshqadam “Shaxtyor” (Soligorsk) “Belshina” klubiga qarshi maydonga tushadi. Agar “Energetik-BGU” mamlakat chempionligini qo‘lga kiritsa, Yevropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumini 1-kvalifikatsiya raundiga yo‘l oladi. 2-o‘rin esa Bobir Abdixoliqov to‘p tepadigan jamoaga Konferensiyalar Ligasi 2-saralash bosqichi yo‘llanmasini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rindagi “Shaxtyor” (Soligorsk) va “Energetik-BGU” klublari o‘rtasidagi tafovut 2 ochkoni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

BobirAbdixoliqov Energetik-BGU

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar