O‘zbek dzyudochi qizlari xalqaro musobaqada yarim finalga chiqdi

Sport

image

Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik dzyudochilardan Diyora Keldiyorova va Sita Kadambayeva turnirning yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkala dzyudochi qiz ham -52 kgda mamlakat sharafini himoya qilmoqda. Chorak finalda Keldiyorova polshalik Aleksandra Kaletani "ippon" bahosi bilan dog‘da qoldirgan bo‘lsa, Kadambayeva bolgariyalik Gabriyela Dimitrovani qo‘shimcha daqiqalarda  "ippon"  evaziga mag‘lub etdi.

"Katta Dubulg‘a" turnirining sovrin jamg‘armasi 154 ming dollarni tashkil etadi. Musobaqa bahslari 6 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, "Katta Dubulg‘a" musobaqasi sportchilarga Parij Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing