O‘zbek bokschisi WBC Silver kamarini himoya qila olmadi. Bu uning ilk mag‘lubiyati
Sport
−
21 mart 2021
22703O‘zbekistonlik professional bokschi Azizbek Abdug‘ofurov Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etilan jang oqshomida mag‘lubiyatga uchradi. Unga rossiyalik Pavel Silyagin raqiblik qildi.
Ushbu bahsda Azizbek Abdug‘ofurovga tegishli WBC Silver kamari o‘rtaga qo‘yilgandi.
Moskvadagi 12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar evaziga aniqlandi. Jang yakuniga ko‘ra, Pavel Silyagin 120-108, 119-109, 119-109) hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Silyaginga boy berilgan bahs Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat sifatida yozildi. O‘zbekistonlik bokschi o‘zining WBC Silver kamarini Pavel Silyaginga boy berdi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023