O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 2020 yilning 28 oktyabridan 29 oktyabriga o‘tar kechasi 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

U 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 1969–2002 yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan.

Omon Matjon yigirmaga yaqin she’riy to‘plami, “To‘rabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop qilingan.

Shuningdek, u qardosh va chet el adabiyotining ko‘plab namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Omon Matjon adabiyot rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, "O‘zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ijod" jamoat fondi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, bundan bir hafta avval, 21 oktyabrda Omon Matjonning turmush o‘rtog‘i Ma’suda Matjonova vafot etgan edi.

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Omon Matjon

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar