O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Karim Bahriyev ma’lum qilgan.

Shukrullo Yusupov 1921 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Ijodkor Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). "Do‘stlik" (1994) va "El-yurt hurmati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

Uning dastlabki she’riy to‘plami "Birinchi daftar" va "Qalb qo‘shiqlari" 1949 yilda nashr etilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillarida nashr etilgan.

Shukrullo Yusupov "Javohirlar sandig‘i", "Kafansiz ko‘milganlar", "Tirik ruhlar" kabi xotira asarlar muallifi ham sanaladi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Shukrullo Yusupov

Baholaganlar

473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing