O‘zbek harbiy kolonnasi vertolyotlar hamrohligida Tojikistonga yetib oldi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 1 avgust kuni Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismdan yo‘lga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun uzoq masofali marsh asosida Tojikiston Respublikasiga yetib bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, maxsus operatsiyalar o‘tkazishini rejalashtirish hamda qo‘shinlarni tayyorlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Xabarga ko‘ra, hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlar Tojikiston Respublikasining “Harb maydon” poligonida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26-30 iyul kunlari Sharqiy harbiy okrugga qarashli “G‘urumsaroy” (Namangan viloyati) dala o‘quv maydonida O‘zbekiston–Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida “Jangovar hamdo‘stlik – 2021”, deb nomlangan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing