“UZB”, “AAA” faqat “katta akalarga” atalganmi? YHXBB boshlig‘i javob berdi

Jamiyat

image
image

“UZB”, “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Saidov bugun, 10 avgust kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.  

“Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali davlat raqamlari bilan bog‘liq korrupsion omillarga barham berildi”, deydi Olimjon Saidov.

YHXBB boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, “UZB”, “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari hech kimga biriktirilmagan.

“UZB” yoki “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari biror bir tashkilot yoki muayyan shaxslarga biriktirilmagan. Ushbu davlat raqamlari — ochiq savdoda bo‘lgan davlat raqam belgilari hisoblanadi. Masalan, “AAA” seriyali davlat raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan, bemalol murojaat qilishingiz mumkin. “UZB” seriali raqamlarni ham xuddi shunday tartibda istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin”, deydi Saidov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing