Uzaytirilgan ta’til kunlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun haq to‘lanmaydi
Jamiyat
−
08 yanvar 2023
5371Navbatdan tashqari e’lon qilingan ta’til kunlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun haq to‘lanmaydi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari asosida mazkur ta’til kunlari uchun bog‘cha to‘lovi to‘lanmaydi.
Ta’til e’lon qilingunga qadar bog‘cha to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lsa, keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ta’til kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi.
Ta’til kunlari davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritadigan xodimlarga esa amaldagi tartib saqlangan holda ish haqi to‘lanadi.
Avvalroq, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10-18 yanvar kunlari sovuq ob-havo munosabati bilan navbatdan tashqari ta’til e’lon qilingandi.
LiveBarchasi