O‘zbekistonda Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi
Jamiyat
−
14 fevral 2022
17268O‘zbekistonda Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi va "O‘zavtosanoat"ning 3 ta korxonasi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi.
“Endi mashinasozlik tarmog‘ini sanoat klasteri usulida rivojlantiramiz. Bunga uchun yetarli imkoniyat va salohiyatimiz bor”, deydi Prezident.
Ta’kidlanishicha, ilm-fanga asoslanib, “injiniring – butlovchi qismlar – tayyor mahsulot – savdo va servis” yaxlit zanjirini yaratish kerak. Bunda:
• 8 ta yirik mashinasozlik korxonasi (yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilar);
• butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 300 dan ziyod korxona;
• moliya, logistika, ichki va tashqi bozorlardagi savdo va servis tarmog‘i;
• Turin politexnika va Andijon mashinasozlik institutlari faoliyatini qamrab olish zarur.
Buning natijasida Milliy mashinasozlik klasteri tashkil etiladi. Yig‘ilishda ikki oy muddatda ushbu klasterni tashkil etish dasturini kiritish topshirildi.
Klasterga xorijiy investorlar va xususiy sektorni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Bu borada 1 iyulga qadar "O‘zavtosanoat"ning 3 ta korxonasini sotuvga chiqarishga ko‘rsatma berildi.
LiveBarchasi