UzAutomotors zavodida Chevrolet Onix avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlandi (foto,video)

Texnologiya

image

Bugun, 15 fevral kuni Andijondagi UzAutomotors zavodida Chevrolet Onix avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlandi. Shu munosabat bilan yangi avtomobilning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan QALAMPIR.UZ muxbiri Sohiba Mamadiyorova xabar berdi.

Ushbu taqdimotda "Uzavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Shavkat Umrzoqov, General Motors International global xaridlar va ta’minot tizimi vitse-prezidenti Jonniy Saldanha, General Motors International vitse-prezidenti Tommiy Hosea va boshqa hamkorlar ishtirok etdi. 

Tadbirda General Motors International global xaridlar va ta’minot tizimi vitse-prezidenti Jonniy Saldanha so‘zga chiqib, 27 yillik ish faoliyatining deyarli yarmini UzAutomotors zavodida o‘tkazganini bu yer u uchun juda qadrli ekanini ta’kidladi. 

Albatta, zavodda mehnat qilayotgan 30 ming xodimdan Onix mashinasi ishlab chiqarilishida asosiy hissasini qo‘shgan ishchilar ham unutilmadi – ular faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, taqdimotda 2022 yilda 327 ming dona – rekord darajada avtomobil ishlab chiqarilgani urg‘ulandi.



O‘zbekistonda Onix avtomobilini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Uzavtosanoat ” AJ tomonidan mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali 12 ta yangi loyiha amalga oshirilgan. Shu jumladan, umumiy qiymati 312 mln dollar bo‘lgan yangi zavodlar bunyod etilgan va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilgan. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi 4,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berdi.

Qayd etilishicha, yangi avtomobil modelining ishlab chiqarilishini  yo‘lga qo‘yish uchun 5 mingdan ortiq injenerlar jalb qilingan bo‘lib, ularning bir qismi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridir. Ular Chevrolet Onix avtomobili uchun O‘zbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detallarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ygan. 

Yangi Onix Chevrolet Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritilgan. Korxonalarning injenerlik salohiyati va texnik jihozlanishi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgacha mahalliylashtirishga imkon bergan, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi. 

O‘zbekistonda Onix avtomobilini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Uzavtosanoat” AJ tomonidan mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali 12 ta yangi loyiha amalga oshirilgan. Shu jumladan, umumiy qiymati 312 mln dollar bo‘lgan yangi zavodlar bunyod etilgan va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari ishga turishilgan. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi 4,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini bergan. 

UzAuto Motors Powertrain korxonasida avtomobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan dvigatellar mahalliylashtirilgan. Buning natijasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun mahalliylashtirish darajasining umumiy foizi oshiriladi. Yuqori bosimli alyuminiy silindrli bloklarni ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasidan foydalangan holda CSS Prime dvigatellarining innovatsion oilasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dvigatelni yaxshiroq issiqlik uzatish va ekologik tozalik bilan ta’minlaydi. Ushbu dvigatellarning o‘ziga xos xususiyati bu uning uchli texnologiyalashtirilganligi, yoqilg‘i sarfining tejamkorligi va turbinalarga ega ekanligidir. Mahalliy mutaxassislarnining jalb qilinishi va kapital xarajatlarni ishlab chiqarish liniyasi uskunalarini sotib olish uchun optimallashtirish orqali loyiha qiymatini qariyb 20 million dollarga yaqin kamaytirishga erishilgan. 

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

  • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;

  • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik bo‘yicha eng ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 o‘rindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy, xoh do‘stlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi. 

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.  

Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta’minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yo‘l qismlarida hamisha barqaror turishini ta’minlaydi. 

Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud. 

2023 yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qo‘shimcha opsiyalar: 

• klimat kontrol;

• yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;

• old partroniklar;

• ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi; 

• orqa o‘rindiq isitish tizimi;

• lyuk;

• to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar;

• salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi; 

• original dizaynli quyma disklar va boshqalar. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing