“UzAutoMotors” yangicha tizim va bir nechta modellarni namoyish qildi
Texnologiya
−
06 mart 2021
50036Mana bir necha yildirki, “UzAutoMotors” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar hayotida qizg‘in muhokamalar markazida bo‘lib kelmoqda. Kimdir uni eng yirik monopoliya va raqobat tamoyillarini buzuvchi tashkilot sifatida ayblasa, kimlardir uning O‘zbekistonning milliy brendi ekanini alqab, korxonada minglab oilaning qora qozoni qaynashini ta’kidlaydi.
Avtozavoddagi ishlab chiqarish jarayoni va bir qancha savollarga javob topish maqsadida, 2-3 mart kunlari “Milliy tiklanish” partiyasi tashabbusiga ko‘ra deputatlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirokida Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi.
Birinchi kun davomida jurnalist va blogerlar kompaniyadagi yangiliklar va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash borasidagi ishlar bilan tanishdi.
2021 yil mart oyida kompaniya korxonani boshqarishning zamonaviy SAP S/4HANA tizimini joriy etdi.
SAP S/4HANA – bu ERP-tizim bo‘lib, yirik korxonalarga mo‘ljallangan resurslarni rejalashtirish uchun dasturiy paket. Yangi tizimga o‘tish kompaniya moslashuvchanligi, samaradorligi o‘sishi va xarajatlarini tejash imkonini beradi, shuningdek yetkazib berish zanjirini optimizatsiyalaydi. Kompaniyaning amalda barcha biznes jarayonlarini qamrab oluvchi bu tizim takrorlanuvchi topshiriqlarni bajarishdan xalos bo‘lish, murakkab biznes-jarayonlarni optimizatsiyalashga qodir hamda barcha miqyoslardagi jarayonlar, jumladan avtomobillarni ishlab chiqarish, yetkazib berish va butlovchilar logistikasi jarayonlari, tayyor mahsulot realizatsiyasini to‘liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
“UzAutoMotors” kompaniyasi, iste’molchilar nimani afzal ko‘rishlarini aniqlash maqsadida, 2020-2021 yillarda o‘z mijozlariga Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti modellaridan tashqari, Chevrolet rusumidagi boshqa avtomobillarni ham xarid qilish imkonini bermoqda. Bunday izlanishlar natijasida ishlab chiqarishni O‘zbekistonda o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan B va SUV-B segmentida barqaror talab borligi aniqlandi. Ushbu segmentlardagi yangi modellar – Chevrolet Tracker va Onix jurnalistlarga namoyish etildi.
Shu bilan birga, mehmonlarga avtomobillarning yangi narxlari, shuningdek yaqin kelajakda sotuvga chiqadigan joriy modellar uchun joriy etish rejalashtirilayotgan yangi opsiyalar taqdim etildi.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar “savol-javob” formatida kompaniyaning joriy ishlab-chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan tanishdi. Chunonchi, masalan, o‘tgan yilgi COVID-19 pandemiyasi jahon avtomobil sanoatiga yarimo‘tkazgichli mahsulotga ehtiyojni qondirish borsida salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy avtomobillarning aksariyatida o‘nlab mikrosxemalar ishlatiladi, ayrim holatlarda ular soni 150 tagacha boradi. Chiplar amalda dvigatelning ishlash rejimidan to navigatsiya tizimlarigacha – barcha jihatlar uchun javob beradi. Afsuski, global muammo “UzautoMotors” AJ kompaniyasiga ham, jumladan 2021 yil ikkinchi choragi ishlab chiqarish rejalariga ta’sir ko‘rsatmay qolmagan.
Ushbu vaziyatni GM prezidenti va strategik bozorlar, alyanslar va distribyutorlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kristian Sommer ham shunday sharhladi:
“GM global yetkazib berish tizimi boshqaruvi yetkazib beruvchilar bilan ularning yarimo‘tkazgichlar sohasidagi talablari uchun yechim topish va GM hamda sheriklarimiz, jumladan “UzAutoMotors” uchun ta’sirini yumshatish borasida yaqindan hamkorlik qiladi. Niyatimiz har bir korxonada imkon qadar ko‘proq ishlab chiqarish yo‘qotishlarining o‘rnini to‘ldirishdan iborat. Hozirda biz vaziyat shu yilning ikkinchi yarmidayoq barqarorlashuviga aminmiz”.
Biroq, jahon avtomobil ishlab chiqarishning yarimo‘tkazgichli butlovchi qismlarga talabning to‘laqonli qondirilishidagi vaqtinchalik cheklovlar to‘g‘risidagi mavjud axborot inobatidan, ishlab chiqariladigan avtomobillarni yetkazib berish muddatlari 1-2 oyga cho‘zilishi rejalashtirilmoqda.
Press-turning ikkinchi kunida ishtirokchilar Andijon shahridagi bir qator mahalliylashtirish korxonalari bilan shaxsan tanishish imkoniga ega bo‘ldi:
“O‘z-Dong Yang Ko” – 1997 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, hozirgi kunda “UzAutoMotors” ishlab chiqaradigan avtomobillarning ichki bezak detallarini ta’minlaydi. Uskunalar paneli, eshik qoplamasi, g‘iloflar, shift paneli, yukxona bo‘lmasi – bu korxona ishlab chiqaradigan mahsulotning asosiy ro‘yxati. Korxonaning o‘rtacha yillik tovar aylanmasi 35,6 mln dollarni tashkil etadi. Korxonada mingdan ziyod xodim ishlaydi.
“O‘z-SeMyung Ko” – 1996 yilda asos solingan, “UzAutoMotors” ishlab chiqaradigan avtomobillar uchun yoqilg‘i baklari va nasoslar ishlab chiqaruvchi Andijon viloyatidagi eng yirik qo‘shma korxonalardan biri. Shuningdek, korxonada metall o‘tamplangan detallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonaning o‘rtacha yillik tovar aylanmasi 50 mln dollarni tashkil qiladi. Korxonada taqriban 1 200 nafar xodim ishlaydi.
“O‘zERAE Climate Control” – 2010 yilda asos solingan, isitish, sovitish, ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada “UzAutoMotors” ishlab chiqaradigan avtomobillar uchun isitish, konditsionerlar va sovitish tizimlari bog‘lamalari ishlab chiqariladi. Korxonaning o‘rtacha yillik tovar aylanmasi 40 mln dollarga tashkil qiladi.
LiveBarchasi