“UzAutoMotors” AJ xususiylashtiriladi – Qo‘chqorov

Jamiyat

image

Davlat tasarrufidagi “UzAutoMotors” aksiyadorlik jamiyati 2023 yilgacha xususiylashtiriladi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” forumi doirasidagi muhokamada Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, “UzAutoMotors”dan tashqari davlat tasarrufidagi 10 ta yirik korxona 2023 yilgacha xususiylashtiriladi. Ular orasida davlat hisobidagi ATIB “Ipoteka” va Sanoatqurilishbanklarii hamda Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati kabi korxonalar bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, “UzAutoMotors” “IPO”ga ya’ni birja bozorida birinchi ommaviy taklifga chiqariladi.

“Biz avval kooperatsiya va transformatsiya jarayonlarini bajaramiz, so‘ng kompaniyani “IPO”ga chiqarishimiz mumkin”, deya ta’kidlagan Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda “O‘zavtosanoat” Amerikaning General Motors korporatsiyasidan qolgan aksiyalarni sotib olib, Asakadagi “GM Uzbekistan” avtomobil zavodining yagona aksiyadoriga aylandi va kompaniyani nomini “UzAuto Motors” deb o‘zgartirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

780

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing