“UzAuto Motors” to‘rt xil eng ommabop avtomobil sotuvini to‘xtatdi
Jamiyat
−
12 fevral 2021
56910O‘tgan haftadan boshlab “UzAuto Motors” avtosalonlari Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti uchun shartnomalar tuzishni to‘xtatdi. Ba’zi avtosalonlarda Trecker 2 va Tahoe sotib olish uchun shartnoma tuzish ham imkonsiz.
Ma’lum bo‘lishicha, shartnomalarni berishni bekor qilish dasturiy ta’minotni yangilash, shartnomalar va korxona resurslarini boshqarish uchun ma’lumotlar bazasining yangi versiyasiga o‘tish bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “UzAuto Motors” Equinox yetkazib berishni to‘xtatgandi.
LiveBarchasi