UzAuto Motors: “Kulishdan avval muammoning mohiyatini bilish lozim”

Biznes

image

Pandemiya sababli har bir sohada ma’lum bir ma’noda inqirozlar ko‘zga tashlandi. Hatto, ba’zilarini "sindi" deyish ham mumkin. "Ho‘l-u quruq barobar yonadi" deganlaridek, COVID-19 ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar cho‘ntaklari va ular mijozlariga ham zarar yetkazdi. Jahon bozorining mayda baliqlaridan tortib yirik akulalarigacha ishlab chiqarishda ma’lum bir inqirozlarni boshdan kechirdi. Va bu inqirozlar biz bilgan avtomobil sohasini ham chetlab o‘tmadi. Shuningdek, bizning qadrdon UzAuto Motors ham pandemiya davrida yaxshigina sinovlarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda. Chunki hech bir avtomashina ishlab chiqaradigan kompaniya mukammal emas. Avtomobil sanoati xuddi boshqa texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar singari o‘zaro zanjir hosil qiladi. Tabiiyki, bir xalqaning uzilishi butun boshli zanjirga ziyon yetkazadi. 

UzAuto Motors'ning multimediasiz chiqarilishini eshitgan hech bir odam kulmay yoki tanqid qilmay qolmadi. Ammo masalaning asl ildizi qayerda edi?! Keling, birgalikda shuni tahlil qilamiz. 

Mikrochiplar. Bu so‘zni ko‘pchilik eshitgan biroq avtomobil sohasida shu mitti buyumchaning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini bilmasa kerak.  Mikrochiplar tanqisligiga COVID-19 davrida jahonning eng yirik kompaniyalari ham duch keldi. Aslida juda mitti bo‘lgan ushbu texnika elementi butun bir tizimga zarar yetkazdi. Aytish mumkinki, ular sabab yirik gigantlar o‘rtasida jang ham ko‘zga tashlandi. Xususan, Huawei va ZTE'ga mikrochip yetkazib berishni cheklovchi Xitoy gigantlariga qarshi sanksiyalar AQSH bilan munosabatlar o‘tkirlashgan taqdirda ichki zaxirani yaratish uchun dunyoda mavjud yarimo‘tkazgichlarning katta qismini sotib olishga majbur qildi. Shu tariqa, mikroprotsessorlar bozorida smartfon va avtomobillar bozorini qamragan bo‘ron hosil bo‘ldi. 

Shu bilan birga dunyoda mikrochip ishlab chiqarishning katta ulushini o‘zida saqlovchi Tayvan atrofidagi Amerika-Xitoy harbiy-diplomatik qarama-qarshiligi vaziyatning barqarorlashishiga yo‘l qo‘ymayapti. 

Oqibatda o‘tgan 2021 yil barcha yuksak texnologik sohalar, xususan, yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun og‘ir keldi. Endilikda ishchilar sonining qisqarishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi, zavod va butun bir klasterlarning yopilishi odatiy holga aylandi. Yetakchi avtomobil kompaniyalarida mashinalarining baland narxlari va ko‘p oylik navbatlar hech kimni hayron qoldirmay qo‘ydi. Bularning barchasi komponentlar tanqisligi tufayli yuzaga keldi va ishlab chiqarishning dahshatli darajada pasayishiga sabab bo‘ldi. Natijada jahon miqyosida bu ko‘rsatkich 16% ni tashkil etgan bo‘lsa, ayrim brendlarda esa 50%ga yetgan. Masalan, General Motors AQSH, Kanada va Meksikadagi uchta korxonasida ma’lum vaqtga amaliyotlarni to‘xtatib turishga majbur bo‘lgan, uning Janubiy Koreyadagi zavodlarida esa ishlab chiqarish hajmi bu yili ikki barobar qisqardi.

Endi O‘zbekiston vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, mikrochiplar sabab UzAuto Motors tomonidan 2020 yilda qayd etilgan rekorddan so‘ng 2021 yilga mo‘ljallangan rejalarida belgilangan ko‘rsatkichlar amalga oshmadi: rejadagi 320 000 mashina ishlab chiqarilmadi. Biroq GM International va boshqa yirik mikrochiplar yetkazib beruvchilar sababli har holda 230 000 ta avtomobilni o‘z egalariga yetkazib berish uchun ishlab chiqarishga erishildi.

To‘g‘ri, UzAuto Motors'ning ishlab chiqarish faoliyati jahon bozoriga unchalik katta ta’sir o‘tkazmasligi mumkin. Ammo mamlakatimiz aholisi uchun bu ancha sezilarli ta’sir etadi. Ayniqsa, iqtisodchilar tomonidan bunday inqirozli holatlar 2023 yilga qadar saqlanishi aytilgan holda, UzAuto Motors va GM mikrochiplar va yarimo‘tkazgichlar yetkazib berish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda.

Umuman olganda, biror mavzu yuzasidan tanqid qilish yoki kulishdan avval uning tag-zamirida qanday muammo yotganligini bilish lozim. UzAuto Motors va General Motors hamkorlikda 2022 yil uchun izchillikda harakat qilishni rejalashtirayotganligiga qaramay, UzAuto Motors tomonidan kompaniyaning inqirozdan chiqishi uchun unga bog‘liq barcha choralarning ko‘rilishi u ta’sir ko‘rsata olmaydigan xavflarni istisno qilmasligini ham ta’kidlash lozim.

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing