“UzAuto Motors” AJ xaridorgir mashinalari narxini oshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning avtomobil ishlab chiqaruvchi monopolisti “UzAuto Motors” AJ fuqarolarning aksari sotib olishi mumkin bo‘lgan ommabop modellarning narxini oshirdi.

2022 yil uchun mashinalarining oshgan narxlari quyidagicha:

Spark 4-pozitsiya — 104 mln 95 ming so‘m;
Gentra 1-pozitsiya — 128 mln 284 ming so‘m;
Gentra 3-pozitsiya — 153 mln 506 ming so‘m;
Nexia 3 AT/plus — 119 mln 921 ming so‘m;
Cobalt AT/plus — 125 mln 795 ming so‘m.

Bundan ko‘rinadiki, Gentra – 12 foizga, Damas – 10 foizga, Spark – 10 foizga, Nexia-3 – 10 foizga qimmatladi. 

Kompaniya xabariga ko‘ra, bugun, 3 mart sanasidan boshlab  avtosalonlar oshgan narxlarda shartnoma berishni boshladi.

Shuningdek, monopolist avtomobillarning oshirilgan narxlari 3 martdan boshlab tuzilgan shartnomlarga amal qilishini alohida urg‘ulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2057

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing