“UzAuto Motors” AJ xalqaro kredit reytingini oshirdi

Biznes

image

“UzAuto Motors” AJning kredit reytingi B+ (Barqaror kutilma)dan BB- (Barqaror kutilma)ga ko‘tarildi va O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga tenglashtirildi. Ushbu natija “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligining joriy yil 13 dekabrdagi kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotida e’lon qilindi.

“Fitch Rating” agentligi “UzAuto Motors”ning kredit reytingini kompaniyaning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati ortib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish va sotishning o‘sish sur’atlari, modellar qatorining yangilanishi, shuningdek, moliyaviy natijalarning izchil yaxshilanib borayotgani munosabati bilan oshirdi. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil importiga bojxona to‘lovlari kamaytirilgani va raqobatning kuchayganiga qaramay, “UzAuto Motors” bozordagi ustunligini saqlab qolmoqda. Shuningdek, Agentlik "UzAuto Motors" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar eng maqbul narxlarda yetkazib berilayotganligi sababli, xorijiy brendlar uchun “UzAuto Motors” mahsulotlarini almashtirish qiyin bo‘lishini ta’kidladi.

Agentlik "UzAuto Motors" London fond birjasida yevroobligatsiyalarini joylashtirgan kam sonli kompaniyalardan biri ekanligini hisobga oladi, bu esa kompaniyaning xorijiy kapitalni jalb qilish imkoniyatini tasdiqlaydi.

Shuningdek, kompaniya daromad hajmi bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarining tog‘-kon va neft-gaz sohalaridagi eng yirik kompaniyalar darajasida ekanligi qayd etildi.

2021 yil 23 mart kuni “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi "UzAuto Motors" AJga O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingidan bir pog‘ona past bo‘lgan “B+” (Barqaror kutilma) kredit reytingini berdi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing