UzAuto Motors 2022 yilda bizga nimalarni va’da qilmoqda?
Biznes
−
23 fevral 2022
23819Hozir O‘zbekistonda “UzAuto Motors” yetakchi bo‘lib turibdi. Millionlab mijozlarga ega bo‘lgan kompaniya 2022 yilda amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘z strategiyasini ishlab chiqdi.
Global miqyosdagi yarimo‘tkazgichlar tanqisligi jahon bo‘yicha navbatlarni yuzaga keltirdi. Bu esa butun dunyo bo‘ylab avtomobil narxlarining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keldi.
Shunday vaziyatda UzAuto Motors kompaniyasi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan mavjud muammolar sababli yuzaga kelgan avtomobillarga bo‘lgan navbatlarni kamaytirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
• Lacetti, Cobalt, Damas avtomobillarining ishlab chiqarish xajmini oshirishga erishildi;
• import bojlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi;
Shuningdek, “UzAuto Motors” tabiatni asrash yo‘lida ham bir qator rejalarni ishlab chiqdi. Kompaniya elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Xitoyning BYD kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Qolaversa, 2022 yil yozida Asaka zavodida Tracker avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
“UzAuto Motors”ning bu yilgi rejalari O‘zbekiston va xorij sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan bo‘lib unda ekologiya xavfsizligi, hamyonbop narxlar, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish masalalari asosiy o‘rin tutadi.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida navbatlarni kamaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham tahsinga loyiq. Kompaniya bu boradagi ishlarni allaqachon boshlab yuborgan.
Reklama huquqi asosida.
LiveBarchasi