Hatto muhokamaga ham loyiq emas loyiha! – Shohruh Shodmonov avtotransportga egalik uchun yillik yig‘im haqida

Jamiyat

image

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan tasdiqlanadigan Nizomda transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘imdan tushadigan mablag‘larni joriy qilish, to‘lash va hisobini yuritish tartibi belgilanadi. Ya’ni, avtomobilga egalik uchun yillik yig‘im joriy qilinadi.

Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qarorga ko‘pchilikka reper sifatida tanilgan Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati Shohruh Shodmonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirib o‘tdi. U UzAuto masalasi o‘zi odamlarning tinkasini quritgan bir vaqtda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bu qarorni g‘alati deya baholagan.

“UzAuto masalasi yetmaganday, yana bunisi ortiqcha emasmi?”.

Regulation.gov.uz saytida Moliya vazirligi tomonidan avtomobillarga yana yillik soliq qo‘yish haqida qandaydir g‘alati taklif bildirilgan. Bu Regulation.gov.uz saytida moderator bormi o‘zi? Agar bor bo‘lsa bunaqa aqlga sig‘maydigan taklifni qanday qilib moderatsiyadan o‘tkazib, ommaga taqdim etish mumkin?”, deydi deputat.

U odamlar shundoq ham benzin sotib olganda, avtomobil sotib olganda qo‘shimcha soliqlar va ortiqcha to‘lovlar to‘lashini aytib o‘tgan. Shodmonov bu taklifni muhokamaga ham loyiq emasligini tahkidlab, shunday deydi:

“Hatto muhokamaga ham loyiq emas loyiha! Undan ko‘ra byudjetga mablag‘ tushurish masalasida, xalqni aralashtirmasdan ham daromad shakllantirishni o‘ylash kerakmasmikan?”.

Ma’lumot uchun, taklif qilinayotgan loyihada O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar, shuningdek, temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transporti hamda nogironlar uchun maxsus jihozlangan avtotransport vositalariga yillik yig‘imlar undirilmasligi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohruh Shodmonov avtotransport

Baholaganlar

1084

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing