“O‘zatom”ga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat

image

Energetika vazirligi tizimiga bir necha rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Unga ko‘ra:

  • Bahrom Mansurov Mamatmuratovich Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ish boshladi.
  • Ilhom Ne’matullayev Anvarovich vazirlik huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga kirishdi.

Bahrom Mansurov 1987-1992 yillarda Ukrainaning Ivano-Frankovsk neft va gaz institutida o‘qigan. 1992-1998 yillarda esa “Sho‘rtangaz” gaz konlari boshqarmasi “Sho‘rtan” koni kuzatuvchisi, texnologiya bo‘limi muhandisi, butlash bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Bir qancha yillar “O‘zbekneftgaz”, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi”da bir qancha rahbar lavozimlarida ishlagan. 2019 yildan Energetika vazirligi xuzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ilhom Ne’matullayev esa Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing